TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3603

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit511Kantite vizit
PibliyeAug 2208/22/2025, 05:17 AM
Kontni

Kontni pòs la

#hamkorlar #muloqot ✅INVESTITSIYA VOSITACHILARI BILAN HAMKORLIK – KAPITAL BOZORINING YANGI BOSQICHI ⏩Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan hamkorlikda “Investitsiya vositachilari bilan o‘zaro hamkorlik” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi. 📊 Seminarda 70 dan ortiq ishtirokchi – Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi, “Toshkent” RFB va investitsiya vositachilari vakillari qatnashib, kapital bozorida samarali hamkorlik va yangi imkoniyatlar haqida oʻzaro fikr almashdilar. 📌Seminardagi muhim iqtiboslar: ➡️Kliring va hisob-kitob funksiyalari, yagona depozitar dasturiy ta’minot va masofaviy xizmatlar joriy etilmoqda; ➡️UzCSD mobil ilovasi orqali aksiyadorlarga dividend to‘lovlari va depo hisobvaraqlarini ochish imkoniyati yaratildi; 🔎KYC/AML jarayonlari, shaxsiy ma’lumotlarni dolzarblashtirish, chet ellik nominal saqlovchilar bilan ishlash borasida taqdimotlar oʻtkazildi. ❗️Investitsiya vositachilari bilan hamkorlik kapital bozorini rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri boʻlib, mazkur muloqot sifatli xizmat, texnologik yangilik va xalqaro ishonch sari yana bir muhim qadam bo‘ldi. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube