TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3651

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit462Kantite vizit
PibliyeSep 1909/19/2025, 10:43 AM
Kontni

Kontni pòs la

Haftalik rukn "DIVIDENDLAR TO'LOVI BO'YICHA SAVOL- JAVOBLAR" ❓UzCSD mobil ilovasi foydalanuvchisi savoli: Men “Temiryoʻl” tizimidagi 4 ta korxona aksiyadoriman. Ushbu aksiyalarni turmushga chiqmasdan oldin sotib olganman. Turmushga chiqqach, familiyam oʻzgardi. Yaqinda UzCSD mobil ilovasini oʻrnatgandim, biroq unda menga tegishli aksiyalar koʻrinmayapti. Ushbu holatda qanday qilib, oʻz dividendlarimni olishim mumkin? 🔊Javob: Shaxsiy anketa ma'lumotlari oʻzgargan taqdirda, aksiyadorlar ma'lumotlar bazasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish uchun oʻz aksiyalari hisobini yurituvchi investisiya vositachisiga murojaat qilishlari zarur. Aks holda, aksiyadorga tegishli dividendlar va boshqa pul mablagʻlari toʻlanishida kechikishlar yuzaga kelishi mumkin. 👨🏻‍💼👩🏻‍💼Jismoniy shaxslar uchun – UzCSD mobil ilovasi: 📲Google Play dasturidan yuklab olish 📲App Store dasturidan yuklab olish uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube 📞 +998 71 211 09 09