TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3666

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit562Kantite vizit
PibliyeSep 3009/30/2025, 03:53 PM
Kontni

Kontni pòs la

#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni 📍Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda tashkilotda uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan ustoz kadrlar alohida ehtirom bilan esga olindi. Tadbirda Markaziy depozitariyda 1999–2024-yillarda Bosh direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, tashkilot rivojiga katta hissa qo‘shgan Aleksandr Smolin faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Markaziy depozitariy Bosh direktori Sherali Abdujabborov faxriy mehmonni samimiy muborakbod etib, ko‘p yillik fidokorona mehnati va tashkilot taraqqiyotidagi beqiyos xizmatlari va fidoiy ustozligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. ❗️Tadbir davomida shuningdek: Posikera Galina Mixaylovna (1999-2019 yillarda Mijozlarga va davlat organlariga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i), Barсukova Natalya Vasilyevna (1999–2022-yillarda bosh texnolog), Pustovit Tatyana Vladimirovna (1999–2022-yillarda Depozitar xizmatlar, statistika va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i), Nusratova Gulnora Rahmatullayevna ( 2012–2022-yillarda Axborot-maslahat xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i) kabi fidoyi ustoz xodimlarning mehnatlari ehtirom bilan yodga olindi. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube