TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3673

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit692Kantite vizit
PibliyeOct 210/02/2025, 01:00 PM
Kontni

Kontni pòs la

#xalqaro_forum 🌍Oʻzbekiston Markaziy depozitariysi WFC 2025 da ishtirok etdi Oʻzbekiston Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi vakillari dunyoning eng yirik moliyaviy forumlaridan biri – World Forum of Central Securities Depositories (WFC 2025) da qatnashdi. Delegatsiyaga Markaziy depozitariy Bosh direktori Sherali Abdujabbarov boshchilik qildi. 📍Qozogʻistonning Olmaota shahrida tashkil etilgan ushbu forumda 50 dan ortiq mamlakatdan vakillar qatnashib, raqamli transformatsiya, xavflarni boshqarish, hisob-kitob va kliring samaradorligini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Forum doirasida Oʻzbekiston Markaziy depozitariysi delegatsiyasi Yevrosiyo Markaziy depozitariylari assotsiatsiyasi (AECSD) yigʻilishida ishtirok etdi. ❗️Ishtirokchi mamlakatlarning markaziy depozitariylar va xalqaro bozor infratuzilma tashkilotlari bilan, xususan Qozog'iston va Rossiya markaziy depozitariylari, Moskva birjasi, Clearstream,Citi Bank va Thomas Murray baholash agentligi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, yangi hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Natijada, global moliyaviy hamjamiyat bilan aloqalar mustahkamlandi va zamonaviy, shaffof hamda ishonchli depozitariy tizimlari boʻyicha ilgʻor tajriba va innovatsion yechimlarni oʻzlashtirish imkoniyati yaratildi. –––––––– #международный_форум 🌍Центральный депозитарий Узбекистана принял участие в WFC 2025 Представители Центрального депозитария ценных бумаг Узбекистана приняли участие в одном из крупнейших мировых финансовых форумов – World Forum of Central Securities Depositories (WFC 2025). Делегацию возглавил генеральный директор Центрального депозитария Шерали Абдужаббаров. 📍 Форум, прошедший в Алматы (Казахстан), собрал участников более чем из 50 стран, где обсуждались актуальные вопросы цифровой трансформации, управления рисками, повышения эффективности расчетов и клиринга. В рамках форума делегация Центрального депозитария Узбекистана также приняла участие в заседании Ассоциации евразийских центральных депозитариев (AECSD). ❗️Состоялись встречи с представителями центральных депозитариев и международных инфраструктурных организаций, в частности с Центральными депозитариями Казахстана и России, Московской биржей, Clearstream, Citi Bank и рейтинговым агентством Thomas Murray. На переговорах обсуждались перспективы расширения новых партнерских связей. В результате были укреплены контакты с глобальным финансовым сообществом и создана возможность освоения передового опыта и инновационных решений в области современных, прозрачных и надежных депозитарных систем. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube