TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3693

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit1,170Kantite vizit
PibliyeOct 1610/16/2025, 11:58 AM
Kontni

Kontni pòs la

#savollar_va_javoblar “DIVIDENDLAR TO‘LOVI BO‘YICHA SAVOLLAR VA JAVOBLAR” RUKNI Barchaga ma’lumki, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan ayni paytda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar (dividendlar, foizlar) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi orqali yuridik shaxs-aksiyadorlarga ularning hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda, jismoniy shaxs-aksiyadorlarga esa Markaziy depozitariyning UzCSD mobil ilovasi orqali avtomatik ravishda to‘lab berilmoqda. Shu munosabat bilan aksiyadorlarga qulayliklar yaratish maqsadida Markaziy depozitariyning ijtimoiy tarmoqlarida “Dividendlar to‘lovi bo‘yicha savollar va javoblar” videorukni ishga tushirilmoqda, mazkur ruknda foydalanuvchilar uchun eng foydali va tez uchraydigan savollar va ularga berilgan javoblar e’lon qilib boriladi. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube 📞+998 71 211 09 09