Kontni pòs la
#bayram Aziz yurtdoshlar! Ona tili – bu faqat aloqa vositasi emas, u millatning tafakkuri, madaniyati va tarixini avloddan-avlodga yetkazuvchi bebaho merosdir. Har bir xalqning o‘zligini anglatadigan eng muhim boylik ham aynan uning tilidir. Bugun o‘zbek tili jamiyatimizning barcha sohalarida o‘zining mustahkam o‘rniga ega. Moliyaviy bozor ishtirokchilari bilan samarali muloqot qilish, sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlash, ochiq va aniq axborot almashuvini taʼminlashda ham tilimizning to‘g‘ri va ravon qo‘llanishi beqiyos ahamiyatga ega. Biz, Markaziy depozitariy jamoasi, ona tilimizni asrash va rivojlantirishni faqat burch emas, balki avlodlar oldidagi masʼuliyat deb bilamiz. Faoliyatimizga doir har bir hujjatda, har bir murojaatda, har bir muloqotda ona tilimizning sof va boy ifodasini aks ettirish biz uchun faxrdir. 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Tilimizga bo‘lgan ehtirom barchamizning qalbimizda yashasin, uning qudrati esa mamlakatimiz taraqqiyotida yanada yorqinroq ko‘zga tashlansin! Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi jamoasi uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube 📞+998 71 211 09 09