Kontni pòs la
#savol_javob 💳 UzCSD ilovasida hisobvaraqdagi mablag‘ni plastik kartaga qanday o‘tkazish mumkin? — Agar UzCSD mobil ilovasi hisobvarag‘ingizda pul mablag‘i mavjud bo‘lsa va uni plastik kartangizga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi bosqichlarni bajaring 👇 1️⃣ Ilovada “Kartalarim” bo‘limiga kiring va “Karta qo‘shish” tugmasini bosing. 2️⃣ Plastik kartangiz raqamini kiriting. 3️⃣“Chiqarish” menyusiga o‘ting, so‘ng “Kartani tanlash” tugmasi orqali kerakli kartani tanlang. 4️⃣ O‘tkaziladigan summani kiriting. 5️⃣“Keyingi” tugmasini bosing — telefon raqamingizga SMS-kod yuboriladi. 6️⃣ Ushbu kodni kiriting va amaliyotni tasdiqlang ✅ Shu bilan mablag‘ hisobvaraqlaringizdan kartangizga bir necha soniyada o‘tkaziladi! uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube 📞 +998 71 211 09 09