TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3735

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit1,000Kantite vizit
PibliyeNov 1411/14/2025, 12:24 PM
Kontni

Kontni pòs la

#muhim_yangilik 🇺🇿O‘zbekistonda ipoteka kreditlari sekuritizatsiyasi boshlandi: ipoteka obligatsiyalari chiqariladi ⚡️O‘zbekiston kapital bozorida muhim yangilik: “Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi doirasida Ipoteka obligatsiyalari emissiyasi va muomalasi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom (AV ro‘yxat raqami - 3700) tasdiqlandi. Bu tartib Prezidentning 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-son Farmoni ijrosi doirasida ishlab chiqildi va ipoteka bozorini moliyalashtirishda kapital bozorining rolini oshirishni nazarda tutadi. 📉 Yangi mexanizm — sekuritizatsiya Banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari endi aktivlarni qimmatli qog‘ozga aylantirish orqali moliyalashtiriladi. Shu asosda ipoteka obligatsiyalari emissiyasi yo‘lga qo‘yiladi. 📑 Nizomda belgilangan asosiy tartiblar: ✅sekuritizatsiya jarayoni va ishtirokchi tashkilotlar roli; ✅ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va ularning muomalasi; ✅REPO operatsiyalarini o‘tkazish tartibi; ✅bank-originatorlar, maxsus vakolatli tashkilot, O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Markaziy depozitariy va boshqa ishtirokchilarning o‘zaro hamkorligi. 🏛 Markaziy depozitariy zimmasidagi vazifalar: ✅ipoteka obligatsiyalari egalarining reyestrini shakllantirish; ✅REPO operatsiyalarida banklarning depo hisobvarag‘iga obligatsiyalarni yetkazib berish; ✅obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash va nominal qiymatini so‘ndirish jarayonini amalga oshirish. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube