Kontni pòs la
#amaliy_seminar 🎓 TALABALAR UCHUN AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI 📍 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun kapital bozori va Markaziy depozitariy faoliyatiga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida talabalarga Markaziy depozitariy rahbariyati va mutaxassislari tomonidan quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumot berildi: 🌉kapital bozori va depozitar tizim tushunchalari; 💹depozitar faoliyatning asosiy yo‘nalishlari; 🏛Markaziy depozitariyning bozor infratuzilmasidagi o‘rni; 👥savdo jarayonlari va bozor ishtirokchilari; 📈ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar va dividendlar to‘lovi bo‘yicha yangiliklar; 🌐 PFMI tamoyillari va Clearstream tajribasi; 🌎 xalqaro markaziy depozitariylar bilan hamkorlik. 📘Ushbu tadbir yordamida talabalar sohaga oid bilimlarini mustahkamlab, kapital bozori jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube