Kontni pòs la
BANK OF GEORGIA VA BANK OF NEW YORK MELLON VAKILLARI BILAN UCHRASHUV 25-noyabr kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida Bank of Georgia va Bank of New York Mellon vakillari bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv o’zaro hamkorlikni rivojlantirish va amaldagi operatsion jarayonlarni muhokama qilish masalalariga ga bag‘ishlandi. Delegatsiya a’zolariga O‘zbekiston kapitаl bozorini tartibga solish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, depozitar operatsiyalarni hisobga olish tartibini belgilovchi yangi depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari hamda depozitar xizmat ko‘rsatish tartibi, mavjud hisob turlari va chet ellik nominal saqlovchilar bilan ishlash shartlari haqida ma’lumot berildi. Tomonlar hozirgi hamkorlik jarayoni, operatsion infratuzilma, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida operatsiyalarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston kapitаl bozori infratuzilmasini xalqaro moliya institutlari bilan yanada chuqur integratsiya qilish borasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Ma’lumot uchun: Bank of Georgia "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimining Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysida chet el nominal saqlovchisi sifatida hisobvaraq ochgan ilk ishtirokchisi hisoblanadi. — ВСТРЕЧА С ПРЕДСТАВИТЕЛЯМИ BANK OF GEORGIA И BANK OF NEW YORK MELLON 25 ноября 2025 года АО «Центральный депозитарий ценных бумаг» провёл рабочую встречу с представителями Bank of Georgia и Bank of New York Mellon. Встреча была посвящена вопросам развития сотрудничества и обсуждению текущих операционных процессов. В ходе визита Центральный депозитарий представил участникам встречи информацию о ключевых происходящих и предстоящих изменениях в регулировании рынка капитала Узбекистана. В частности, было уделено внимание новым Правилам учёта депозитарных операций, определяющим порядок депозитарного обслуживания, доступные форматы счетов и условия работы иностранных номинальных держателей. Стороны обсудили текущее взаимодействие, операционную инфраструктуру, а также возможности расширения операций на рынке государственных ценных бумаг. Участники встречи подтвердили взаимную заинтересованность в дальнейшем укреплении сотрудничества и в углублении интеграции инфраструктуры рынка капитала Узбекистана с международными финансовыми институтами. Справочно: Bank of Georgia является первым участником специального правового режима «Регуляторная песочница» в сфере рынка капитала, открывшим счет в качестве иностранного номинального держателя в Центральном депозитарии. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube