Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍ 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 21-28 noyabr kunlarida aksiya va korporativ obligatsiya chiqarilishlari bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlarni e’lon qiladi. Ushbu statistika qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlaridagi yangilanishlar, hajm o‘zgarishlari hamda faol emitentlarni qamrab oladi. Aksiyalar bo‘yicha emitentlar soni 691 tani, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishni qayd etib, 256,97 trln so‘mni tashkil etdi. Obligatsiyalar bo‘yicha 7 ta korporativ obligatsiya emitentlari — “Turist Biznes Trade”, “Trust Trade Asia”, “Trust Important Trade”, “Trust Valley Trade”, “Star Sity Senter”, “Prosperous Large Future” va “Evolution Networks” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari obligatsiya egalariga jami 65 milliard so‘mlik obligatsiya chiqarilishlari bo‘yicha kupon to‘lovlarini amalga oshirdi. Shu tariqa, emitentlar korporativ obligatsiya chiqarilishlarini so‘ndirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajardilar. 🇷🇺Рус🇬🇧Eng 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin