Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ 🏛 QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA YANGI INVESTITSIYA VOSITACHISI Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida TBC Capital kompaniyasi bilan investitsiya vositachisi bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish hamda pul mablag‘laridagi hisobvaraqni yuritish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Imzolash marosimida Markaziy depozitariy Bosh direktori Sherali Abdujabbarov, TBC Capital kompaniyasining moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Nina Sandler ishtirok etdilar. Ma’lumot uchun: TBC Capital aksiyalari London fond birjasida sotiladigan TBC Bank Group PLC kompaniyasi tarkibiga kiradigan TBC Bank (Gruziya) AJning sho‘ba korxonasi hisoblanadi. TBC Capital joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston kapital bozorida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Рус🇷🇺Eng🇬🇧 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin