Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍ 🏛KAPITAL BOZORIDA FAOLLIK ORTMOQDA O‘tgan haftada (28-noyabr-5-dekabr) kapital bozorida faollik ortgani qayd etildi. Jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari soni 693 taga, aksiya chiqarilishlari hajmi esa 257,32 trln so‘mga yetdi. Korporativ obligatsiyalar yo‘nalishida 34 ta emitentning umumiy chiqarilishlari hajmi 3,68 trln so‘mni tashkil etdi. Hafta davomida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari bo‘yicha ham o‘sish qayd etildi: SOLIQ-SERVIS — 20 mlrd., OLSON — 0,65 mlrd. so‘mlik birlamchi aksiya chiqarilishlarini amalga oshirdi. Qo‘shimcha chiqarilishlar bo‘yicha esa PAYNET o‘z aksiyalari hajmini 559,35 mlrd. so‘mdan 813,45 mlrd. so‘mgacha, APEX INSURANCE - 820 mlrd. so‘mdan 900 mlrd so‘mgacha yetkazdi, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi obligatsiyalari esa 790 mlrd. so‘mdan 990 mlrd. so‘mga oshdi. Bu kompaniyalarning kapital jalb qilish faolligi kuchayayotganini ko‘rsatadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin