TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kontni
Kontni pòs la
🏛9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida “Korrupsiyaga nisbatan mutlaqo toqatsizlik muhitini shakllantirish: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida korrupsiyaning mohiyati, iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’siri, manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari hamda “korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik” tamoyili yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, Markaziy depozitariyda amalga oshirilgan komplayens-monitoring natijalari taqdim etilib, komplayens tizimi, ichki nazorat mexanizmlari va anonim murojaatlar kanallari bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin