Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍ 2025-yil noyabr oyidagi aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 1-dekabr holatidagi ma’lumotlari noyabr oyida chiqarilishlarga doir korporativ harakatlar ortganligini ko‘rsatmoqda. 📈Aksiyalar ⏺Oy davomida aksiya chiqarilishlari hajmi 1,0 trln so‘mga oshib, jami 256,9 trln so‘mga yetdi. ⏺Ushbu o‘sish 9 ta aksiyadorlik jamiyatidagi yangi va qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga amalga oshdi. ⏺Joylashtirilgan aksiyalar ulushi - 253,9 trln so‘m. 💼Korporativ obligatsiyalar ⏺Korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 135 mlrd so‘mga oshdi va 3,68 trln so‘mni tashkil etdi. ⏺Joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar hajmi - 2,7 trln so‘m. 🏢Emitentlar ⏺Aksiya emitentlari soni – 691 ta. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari - 34 ta (shundan 8 ta AJ, 26 ta MCHJ). 👥Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺Aksiyadorlar umumiy soni: 1 011 449 nafar. ⏺Korporativ obligatsiya egalari: 2 854 nafar. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin