TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3787

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit3,590Kantite vizit
PibliyeDec 2212/22/2025, 05:14 AM
Kontni

Kontni pòs la

✍✍✍✍✍✍✍ Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilganda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi belgilandi Аdliya vazirligi "Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi toʼgʼrisida"gi nizomni davlat roʼyxatidan oʼtkazdi (roʼyxat raqami 3727, 18.12.2025 y.). ⏺Nizomga koʼra, investitsiya vositachisining litsenziyasi toʼxtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni toʼxtatadi hamda bu haqida 2 ish kunida OАV va fond birjasining veb-saytida eʼlon qiladi. ⏺Investitsiya vositachisi uning litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda, deponentlarning hisobvaraqlaridan koʼchirmalarni shakllantiradi va faoliyati tugatilganligi toʼgʼrisidagi xabarnomani deponentga yuboradi. ⏺Deponent xabarnoma 1 hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga oʼz qimmatli qogʼozlarini boshqa investitsiya vositachisiga oʼtkazish toʼgʼrisida topshiriq beradi. ⏺Deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmaganda, investitsiya vositachisi qimmatli qogʼozlarni «Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi» АJga oʼtkazadi. ⏺«Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi» АJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʼozlarni 1 kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga oʼtkazib berish orqali deponentlarga qaytaradi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin