Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍ Oʼtgan hafta Oʼzbekiston kapital bozorida qimmatli qogʼozlar chiqarilishlari hajmida ijobiy oʼsish qayd etildi Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari soni 695 taga yetdi, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 264,37 trillion soʼmni tashkil qildi. Hafta davomida qator emitentlar tomonidan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari amalga oshirildi: - “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi” АJ — qoʼshimcha aksiya chiqarilishi; - “Oʻzbekneftgaz” АJ — ustav kapitali oshirilishi doirasida qoʼshimcha emissiya; - “Mosaic Insurance Group” АJ, “Agros Hayot Sugʻurta kompaniyasi” АJ, “Kafolat Hayot Insurance” АJ — sugʼurta sektoridan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari; - “Toshkent shahar suv taʼminoti” АJ, “Paynet” АJ va “Sirgʻali dehqon bozori” АJ — aksiya chiqarilishlari boʼyicha oʼzgarishlar qayd etildi. Shuningdek, “Digital Pay” АJ tomonidan 20 mlrd soʼmlik birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar roʼyxatdan oʼtkazildi. Korporativ obligatsiyalar chiqarilishlarida ham ijobiy oʼsish saqlanib qoldi. Emitentlar soni 34 ta, obligatsiya chiqarilishlarining umumiy hajmi 3,94 trillion soʼmga yetdi. Jumladan, “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qoʼshimcha chiqarilishi amalga oshirildi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin