Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ 2025 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-254-son Farmoni qabul qilindi. Farmonning ijrosini ta’minlash doirasida, kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi muhim infratuzilmaviy bo‘g‘inga aylanmoqda. Farmonda ko‘zda tutilgan yangi rivojlanish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: ⏺yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish – Markaziy depozitariy mahalliy investitsiya vositachilari tomonidan xalqaro bozorlarda xarid qilingan hamda “Toshkent” RFBning maxsus savdo maydonchalarida sotiladigan xorijiy aktivlar (aksiyalar, obligatsiyalar, ETF, depozitar tilxatlar) chiqarilishini hisobga olish hamda ularning egalari reyestrini yuritishni amalga oshiradi. ⏺kliring va xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni ta’minlash – Markaziy depozitariy “Toshkent” RFB maydonchalarida xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan savdo yakunlari bo‘yicha kliringni amalga oshiradi hamda agent-bank orqali xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni ta’minlaydi. ⏺“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida – Markaziy depozitariy O‘zbekiston rezidentlari tomonidan xorijiy valyutada chiqarilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha operatsiyalarga kliring, hisob-kitob va depozitar xizmatlarni ko‘rsatadi. ⏺jarayonlarni avtomatlashtirish – Davlat organlari bilan ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimlar takomillashtiriladi. Ushbu omil bitimlarni ro‘yxatga olish va korporativ harakatlarni o‘tkazish tezkorligini hamda ishonchliligini oshiradi. Mazkur chora-tadbirlar sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlash, xalqaro kapital bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida zamonaviy, xavfsiz va shaffof infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin