TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3802

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit8,360Kantite vizit
PibliyeDec 2612/26/2025, 07:31 AM
Kontni

Kontni pòs la

Davlatimiz rahbari kapital bozorni iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan muhim institutsional ustun sifatida belgilab, global depozitariylarni milliy fond bozorimizga olib kirish kerakligini qayd etdi. Buning uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab chiqilgan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qilish lozimligi ta’kidlandi. Kurs tebranishi bo‘yicha xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy kompaniyalarga ichki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat beriladi. Kelgusi yili korxonalarimiz ilk bor xalqaro bozorlarda ham aksiyalarini joylashtirishi mumkin bo‘ladi. Umuman, kapital bozorni rivojlantirish orqali tadbirkorlarga qo‘shimcha 1 milliard dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi. 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin