Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ Raiffeisen Bank International AG kapital bozori sohasida tartibga solish qumdoniga qo‘shildi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG bankini kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu tariqa, Raiffeisen Bank kapital bozori yo‘nalishida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining oltinchi ishtirokchisiga aylandi. Bank O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi hamda “Toshkent” Respublika fond birjasi orqali sotib olinadigan O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlarini saqlash va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish maqsadida xorijiy nominal saqlovchi sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin