Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍ O‘tgan haftada O‘zbekiston kapital bozorida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari borasida o‘zgarishlar qayd etildi. Aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy soni 694 tani tashkil etdi, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 774,7 mlrd. so‘mga ko‘paydi. Jumladan: ⏺O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Surxondaryo suv ta'minoti tomonidan jami 780,6 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiya chiqarilishlari amalga oshirildi; ⏺“Zaytun tech” aksiyadorlik jamiyatining 20 mlrd so‘mlik birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar ro‘yxatdan o‘tkazildi. ⏺Buxoroparranda tashkiliy huquqiy shaklini o‘zgartirganligi, Elsis-savdo esa tugatilganligi sababli ushbu jamiyatlarning aksiya chiqarilishlari depozitar hisobdan chiqarildi; Korporativ obligatsiya chiqarilishlari hajmida hafta davomida o‘zgarish yuz bermadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin