Kontni pòs la
🗣"Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi" AJ o'z jamoasini kengaytirmoqda va tajribali Loyiha menejerini(Project Manager) ishga taklif etadi. ⏺Lavozim majburiyatlari: ❗️Vazifalarning to‘liq siklini tashkil etish: rejalashtirishdan to joriy etishgacha; ❗️Loyiha yo‘l xaritasi (roadmap) va uzluksiz (end-to-end) jarayonlarni shakllantirish va yuritish; ❗️Manfaatdor tomonlar (stakeholders) uchun hisobotlar, status-yangilanishlar va taqdimotlar tayyorlash; ❗️Model tuzilmasini ishlab chiqish va ssenariylar tahlilini o‘tkazish; ❗️Analitika va biznes jamoalari bilan hamkorlik qilish; ❗️Loyihadagi xatarlar (risks), sifat va o‘zgarishlarni boshqarish; ❗️Barcha talablarning o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlash uchun asosiy manfaatdor tomonlar bilan samarali munosabatlarni o‘rnatish; ❗️Katta hajmdagi ma'lumotlar va ko'p sonli ishtirokchilar qatnashadigan kross-funksional loyihalarni amalga oshirishda tajriba. ⏺Nomzodga qo‘yiladigan talablar: ❗️Kamida 5 yillik ish tajribasi (bank, moliya, davlat tashkilotlari yoki konsalting sohalari afzal ko‘riladi); ❗️Kapital bozori sohasida tushunchaga egalik; ❗️Yirik loyihalarni boshidan oxirigacha amalga oshirishda ishtirok etish tajribasi; ❗️Loyiha boshqaruvi vositalari (Jira, Trello, Confluence) bilan ishlash ko‘nikmasi; ❗️Analitik fikrlash va ma'lumotlarni tizimlashtirish qobiliyati; ❗️A'lo darajadagi muloqot qobiliyati va natijaga yo'naltirilganlik; ❗️Noaniqlik sharoitida ishlash va tez moslashish qobiliyati. ⏺Ma'lumoti: ❗️Oliy ma'lumot (axborot texnologiyalari, loyiha boshqaruvi, moliya yoki iqtisodiyot yo'nalishi); ❗️O‘zbek, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish. 📍Ish joyi: Toshkent shahri 📞Aloqa uchun: +998 50 724 82 48 Рус🇷🇺Eng🇬🇧 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin