TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3816

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit5,170Kantite vizit
PibliyeJan 701/07/2026, 11:15 AM
Kontni

Kontni pòs la

✍️✍️✍️✍️ 2025-yil dekabr oyidagi aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-yanvar holatidagi ma’lumotlari dekabr oyida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlariga doir korporativ harakatlar ortganligini ko‘rsatmoqda. 📈Aksiyalar ⏺Oy davomida aksiya chiqarilishlari hajmi 8,2 trln so‘mga oshib, jami 265,1 trln so‘mni tashkil qildi. ⏺Ushbu o‘sish 18 ta aksiyadorlik jamiyatidagi birlamchi va qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga amalga oshdi. ⏺Joylashtirilgan aksiyalar ulushi 260,1 trln so‘mga yetdi. 💼Korporativ obligatsiyalar ⏺Korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 250 mlrd so‘mga oshdi va 3,94 trln so‘mni tashkil etdi. ⏺Joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar hajmi - 3,3 trln so‘m. 🏢Emitentlar ⏺Aksiya emitentlari soni – 694 ta. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari - 34 ta(shundan 8 ta AJ, 26 ta MChJ). 👥Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺Aksiyadorlarning umumiy soni: 1 013 641 nafar. ⏺Korporativ obligatsiya egalari: 2 944 nafar. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin