TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3822

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit6,250Kantite vizit
PibliyeJan 901/09/2026, 12:03 PM
Kontni

Kontni pòs la

✍️✍️✍️✍️ 🌐Xorijiy investitsiyalar geografiyasi va hajmi kengaymoqda 🗣2026-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlari va xorijiy investitsiyalar ishtirokida ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda: ⏺Aksiyadorlik jamiyatlari soni: Dekabr oyida jamiyatlar soni 691 tadan 694 taga ko‘paydi. Shundan xorijiy investorlar ulushi mavjud bo‘lgan AJlar soni 336 tani tashkil etmoqda. ⏺Emissiya hajmi: Umumiy emissiya hajmi o‘tgan oyga nisbatan 3,2 foizga o‘sib, 265,1 trln so‘mga yetdi (1-dekabr holatiga 256,9 trln so‘m). Xorijiy investorlar ulushi esa 12,3 trln so‘mni(avvalgi oyda 11,8 trln so‘m) tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 4,2 foizga oshdi. 💻Top-10 sarmoyador mamlakatlar(investitsiya hajmi bo‘yicha, mlrd so‘m): 🇬🇧 Buyuk Britaniya — 3 638,0 🇭🇺 Vengriya — 3 061,5 🇰🇿 Qozog‘iston — 1 366,5 🇷🇺 Rossiya — 636,8 🇹🇷 Turkiya — 582,7. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan 🇳🇱Niderlandiya, 🇨🇾Kipr, 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇺🇸AQSh va 🇩🇪Germaniya joy olgan. E’tiborli jihati,"Boshqa mamlakatlar" ulushi o‘tgan oyga nisbatan 20,5 foizga ortib, investitsiya geografiyasi tobora kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Markaziy depozitariy Axborot xizmati Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin