TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3825

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit4,630Kantite vizit
PibliyeJan 1201/12/2026, 12:53 PM
Kontni

Kontni pòs la

🗣RASMIY MUNOSABAT 2026-yil 12-yanvar kuni “Bakiroo” telegram kanalida aksiyadorlik jamiyatlaridagi (AJ) davlat ishtiroki statistikasi va undagi tasniflarning qo‘llanilish tartibi yuzasidan bildirilgan tahliliy mulohazalarga nisbatan Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi quyidagilarni ma’lum qiladi: ⏺Ma’lumotlar izchilligi — professional tahlil asosi Avvalo, mamlakatimiz kapital bozoridagi transformatsiya jarayonlariga befarq bo‘lmagan ekspertlarning diqqat-e’tiborini yuqori baholaymiz. Postda keltirilgan "tasnif o‘zgartirilgani" haqidagi xavotirlar yuzasidan shuni ta’kidlaymizki, Markaziy depozitariyning statistik hisob yuritish metodologiyasi yillar davomida izchillikni saqlab kelmoqda. Muallif havola bergan xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushlariga oid ma’lumotlar yangi ko‘rsatkich emas. Mazkur ma’lumotlar Markaziy depozitariyning rasmiy manbalarida, xususan, 2025-yil 7-yanvardagi batafsil hisobotda ham o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi mavjud AJlar soni 100 tani tashkil etgan. Bu esa 2026-yil 1-yanvar holatidagi ko‘rsatkich (96 ta) bilan solishtirganda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish borasidagi trendlarni xolis baholash imkonini beradi. ⏺Huquqiy mezonlar va tasniflash tartibi Statistikadagi segmentatsiya “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarori talablariga asoslangan, ya’ni: Xo‘jalik jamiyatlari ustav fondlaridagi davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, shu jumladan Markaziy bankka hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar yoki ulushlar - davlat ulushi hisoblanadi. Xo‘jalik boshqaruvi organlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan aksiyalar esa davlat ulushi hisoblanmaydi. Ma’lumotlarning turli sanalarda yoki alohida infografikalarda taqdim etilishi texnik tasnifning o‘zgarganini emas, balki axborotni ko‘proq detallashtirish maqsadini anglatadi. ⏺Professional muloqotga tayyormiz Markaziy depozitariy ma’lumotlarni faqat texnik jihatdan qayd etuvchi va shaffoflikni ta’minlovchi tuzilma sifatida ekspertlar hamjamiyati bilan doimiy muloqotga ochiq. Biz iqtisodiy tahlilchilarning kapital bozoriga oid xulosalarini qadrlaymiz va kelgusida statistik ma’lumotlarni talqin qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik anglashilmovchiliklarni oldini olish uchun zaruriy axborotlarni taqdim etishga hamisha tayyormiz. Markaziy depozitariy Axborot xizmati 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin