Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ Kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi barqaror 🗓26-dekabr 2025 — 9-yanvar 2026 🗣Hisobot davrida kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi barqaror saqlanib qoldi. Bu bozor ishtirokchilari tomonidan kapital jalb qilishga bo‘lgan ehtiyoj hamda institutsional faollik davom etayotganini ko‘rsatadi. ⏺Aksiyalar bozorida aksiyadorlik jamiyatlari soni o‘zgarishsiz qolgani holda, chiqarilishlarning umumiy hajmi 265,21 trln so‘mga yetdi. Bu, asosan, amaldagi kompaniyalar tomonidan qo‘shimcha aksiya chiqarish orqali kapitalni oshirish tendensiyasi saqlanib qolayotganini anglatadi. Emissiya faolligining xizmatlar va infratuzilma segmentlarida jamlangani e’tiborga molik. ⏺Korporativ obligatsiyalar bozorida esa emitentlar soni 34 tani tashkil etib, chiqarilishlar hajmi 3,98 trln so‘mga qadar oshdi. Bu kompaniyalar uzoq muddatli qarz instrumentlari orqali moliya jalb qilishni davom ettirayotganini ko‘rsatadi. ⏺Umuman olganda, hisobot davridagi ko‘rsatkichlar kapital bozorida emissiyalar hisobiga o‘sish modeli saqlanib qolayotganini va bozor infratuzilmasi barqaror ishlayotganini tasdiqlaydi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin