Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🗓Kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi: haftalik tahlil(9-yanvar-16-yanvar) 🌐Hisobot haftasida kapital bozorida korporativ harakatlarning o‘ziga xos o‘zgarishi kuzatildi. Bu bozor ishtirokchilari tomonidan kapital tarkibini maqbullashtirish hamda yangi emitentlarning bozorga kirib kelishi bilan izohlanadi. 🗣AKSIYALAR bozorida aksiyadorlik jamiyatlari soni bittaga ko‘payib, 695 taga yetdi. Chiqarilishlarning umumiy hajmi biroz pasayib, 265,19 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu dinamikaga quyidagi korporativ harakatlar ta'sir ko‘rsatdi: ⏺“OCTO” AJ tomonidan 39,13 mlrd so‘mlik aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirildi. ⏺Bir qator emitentlar, xususan “O‘ZBEKISTON” DAM OLISH-SOG‘LOMLASHTIRISH“, “OHONGORON SEMENT MS” va “TOSHKENT QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI ULGURJI BOZORI” AJlar tomonidan aksiyalar hajmini kamaytirish holatlari qayd etildi. 💻KORPORATIV OBLIGATSIYALAR bozorida emitentlar soni o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, chiqarilishlarning umumiy hajmi 3,85 mlrd so‘mga kamaydi. Bunga “HAMKOR INVEST LIZING” MChJ obligatsiyalari hajmining qisqartirilishi sabab bo‘ldi. 💬Umuman olganda, hisobot davri bozorda ham yangi instrumentlar paydo bo‘lishi, ham mavjud kapitallarni qayta tartibga solish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin