Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐“Biznes Finans MMT”dan yangi investitsion imkoniyat 🗣Kapital bozorida emitentlar tomonidan qarz mablag‘larini jalb qilish dinamikasi barqaror o‘sib bormoqda. Jumladan, “Biznes Finans mikromoliya tashkiloti” MCHJ tomonidan navbatdagi korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan ro‘yxatga olindi. 💬Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari: ⏺Turi: Korporativ obligatsiyalar. ⏺Umumiy hajm: 10,0 mlrd so‘m. ⏺Nominal qiymati: 100 000 so‘m (bu investorlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi). ⏺Yillik daromadlilik: 27%. ⏺Muomala muddati: 720 kun. ⏺Kupon daromadi to‘lovi oraliq davri: 30 kun. ⏺Joylashtirish usuli: Ochiq obuna. 📱Ushbu emissiya jamiyat uchun hisob bo‘yicha beshinchisi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mazkur chiqarilish yakunlangach, emitentning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jami obligatsiyalari hajmi 91,56 mlrd so‘mga yetadi. Ta’kidlash joizki, jamiyat ushbu yo’nalishdagi faoliyatini 1,0 mln so‘mlik nominalda obligatsiya chiqarish bilan boshlagan bo‘lsa, hozirda kichikroq nominal (100 000 so‘m) orqali chakana investorlar uchun jozibadorlikni oshirmoqda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin