Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🌐2025-YILNING ENG YIRIK TOP-5 EMITENTI 🗣O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining jami emissiya hajmi (nominal qiymati bo'yicha) 265,14 trln so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichning salmoqli qismi mamlakat iqtisodiyotining "tayanch nuqtalari" bo‘lgan quyidagibeshta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi: 1️⃣“O'zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg'armasi” AJ — 27,88 trln so‘m. Bozorning mutlaq yetakchisi bo‘lib, jami kapitalning qariyb 10,5% qismini o‘zida jamlagan. 2️⃣ “O'zbekneftgaz” AJ — 22,48 trln so‘m. Energetika sohasidagi eng yirik kapital egasi. 3️⃣“O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ — 17,76 trln so‘m. Bank-moliya sektori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega emitent. 4️⃣“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 15,07 trln so‘m. Sanoat giganti va hududlar kesimida (Navoiy viloyati) eng yirik aksiyadorlik jamiyati. 5️⃣“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ — 13,31 trln so‘m. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tarmog‘idagi eng yirik emissiya egasi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin