Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🌐TOP-10: O‘ZBEKISTON KAPITAL BOZORINING YETAKCHI INVESTITSIYA VOSITACHILARI 🗣O‘zbekiston kapital bozorida faoliyat yuritayotgan investitsiya vositachilari bugungi kunda 80 emitentning jami 40,8 trln so‘mlik aksiya chiqarilishlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan miqdorning, ya’ni aksiyalar bozorining qariyb 33,5 trln so‘mlik portfeli10 ta investitsiya vositachisi tomonidan boshqarilmoqda. Bu, sohada yuqori darajadagi institutsional jamlanish mavjudligidan dalolat beradi. 🗣Investitsiya vositachilari aktivlarining qariyb 37 foizi reyting peshqadamlari - “Dalal standard” (7,86 trln so‘m) va “Kapital-depozit” (7,51 trln so‘m) kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. 🗣Shuningdek, “Leader Finance Capital” (3,55 trln so‘m), “Portfolio Investments” (2,87 trln so‘m) va “Finance invest brok” (2,76 trln so‘m) kompaniyalari ham bozorda mustahkam poydevorga ega ekanliklarini namoyon etmoqda. 💻Investitsiya vositachilari kapital bozorining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning portfelidagi o‘sish va bozordagi o‘rni O‘zbekiston kapital bozorining shaffofligi hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda drayver bo‘lib xizmat qiladi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin