Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐«Sardoba Tekstil»dan kapital bozoridagi debyut chiqarilish 🗣Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kapital bozori orqali sarmoya jalb qilish ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan, «Sardoba Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ilk korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan rasman ro‘yxatga olindi. 💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari: ⏺Turi: Korporativ obligatsiyalar. ⏺Umumiy hajm: 7,0 mlrd so‘m. ⏺Nominal qiymati: 5 000 000 so‘m. ⏺Yillik daromadlilik: 27%. ⏺Muomala muddati: 1 095 kun (3 yil). ⏺Joylashtirish usuli: Yopiq obuna. ⏺Kupon daromadi to‘lovi oraliq davri: 91-94 kun (choraklik to‘lov). 🔔Ta’kidlash joizki, ushbu emissiya jamiyat uchun hisob bo‘yicha birinchisi (debyut) hisoblanadi. To‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyaning qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirib kelishi, real sektor korxonalari uchun muqobil moliyalashtirish manbalaridan foydalanishda muhim qadamdir. ✅Mazkur chiqarilish bo‘yicha hisob-kitoblar va investorlarning egalik huquqini tasdiqlash Markaziy depozitariy tomonidan kafolatlangan tartibda amalga oshiriladi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin