TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3849

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit4,910Kantite vizit
PibliyeJan 2901/29/2026, 05:48 AM
Kontni

Kontni pòs la

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Bo’lajak moliya mutaxassislari Markaziy depozitariy mehmoni bo‘lishdi 🔔2026-yil 28-yanvar kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 40 nafarga yaqin stipendiatlari — bitiruvchi talabalar uchun ochiq eshiklar tadbiri tashkil etildi. 🗣Tadbirda Markaziy depozitariyning mamlakat moliya tizimidagi o‘rni hamda sohada zamonaviy bilimlarga ega yosh kadrlar uchun yaratilayotgan istiqbolli imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. 🗣Talabalar, shuningdek, kapital bozori arxitekturasi, qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritishning zamonaviy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar. ✅E’tiborli jihati, tadbir doirasida bo’lajak mutaxassislar nafaqat nazariy ma’lumotlar olishdi, balki Markaziy depozitariyning real ish jarayoni bilan ham yaqindan tanishib, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq amaliyotlar qanday amalga oshirilishini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. 🎬Tadbirdan tayyorlangan maxsus videolavha Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin