Kontni pòs la
🌐 O‘tgan haftada biz aksiyalar bozoridagi yetakchi brokerlarni taqdim etgan edik. Bugungi tahlilimiz esa kapital bozorining yana bir strategik segmenti — korporativ obligatsiyalarni boshqarayotgan eng yirik investitsiya vositachilariga qaratiladi. 🗣Bozor yetakchilari: Obligatsiyalar sektorida “ALKES RESEARCH” va “FREEDOM FINANCE” kompaniyalari peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti. Ushbu vositachilarning har biri 850 mlrd so‘mdan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. 🗣Diversifikatsiya:“LEADER FINANCE CAPITAL” va “PORTFOLIO INVESTMENTS”kabi kompaniyalar ham aksiyalar, ham obligatsiyalar bo‘yicha TOP-10 ro‘yxatidan joy oldi. Bu ularning investitsiya portfellarini professional darajada diversifikatsiya qilganidan dalolat beradi. 🗣Institutsional jamlanish: Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan korporativ obligatsiyalar jami portfelining 86 foizi atigi 10 ta eng yirik investitsiya vositachisi tomonidan boshqarilmoqda. 💻 Obligatsiyalar bozorining rivojlanishi biznes uchun muqobil moliyalashtirish manbasini, investorlar uchun esa qat’iy daromadli ishonchli vositalarni yaratadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin