Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🗓 Kapital bozorida emissiyalar dinamikasi: haftalik tahliliy sharh (23.01.2026 – 30.01.2026) 🌐 Hisobot haftasida kapital bozorida faollikning sezilarli o‘sishi kuzatildi. Ayniqsa, korporativ obligatsiyalar segmentida yirik emitentlarning paydo bo‘lishi qarz bozorining jozibadorligi oshib borayotganidan dalolat beradi. 🗣AKSIYADORLIK jamiyatlari soni (694 ta) o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, chiqarilishlar hajmi 262,48 trln so‘mni tashkil etmoqda. ⏺“ANOR BANK” AJ o‘z kapitallashuvini oshirish maqsadida 50 mlrd so'mlik qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirdi. “AVO BANK” AJ va “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY INVESTITSIYA JAMG‘ARMASI” AJda esa ustav kapitalinioptimallashtirish doirasida hajmlarning pasayishi kuzatildi. 🗣KORPORATIV OBLIGATSIYALAR segmenti haftalik o‘sishning mutlaq yetakchisiga aylandi. Emitentlar soni 33 taga, jami hajm esa 4,93 trln so‘mga yetdi. ⏺“ASAKABANK” AJ tomonidan 1 trln so‘mlikyirik korporativ obligatsiyalar chiqarilishining hisobga olinishi bozor hajmini sezilarli darajada kengaytirdi. Bu bank sektori tomonidan resurs bazasini shakllantirishda fond birjasi imkoniyatlaridan keng foydalanilayotganini ko‘rsatadi. ⏺“CONTACT FINANCE” MChJ o‘z obligatsiyalari hajmini 3 mlrd so‘mdan 13 mlrd so‘mga oshirib, qarz bozoridagi ishtirokini faollashtirdi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin