TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3866

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit6,040Kantite vizit
PibliyeFeb 502/05/2026, 12:46 PM
Kontni

Kontni pòs la

✍️✍️✍️✍️ TOP-10: Kapitallashuvi eng yuqori bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari 🌐2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, sug‘urta sektori kapitallashuv hajmi va aksiyadorlar qamrovi bo‘yicha kapital bozorining eng barqaror segmentlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda 49 ta sug‘urta kompaniyasi tomonidan chiqarilgan aksiyalarning umumiy hajmi 4,3 trln so‘mdan oshdi. 💻Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta bozoridagi jami kapitallashuvning 55,3% (2,4 trln so‘m) aynan reytingdagi TOP-10 kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Diqqatga sazovor jihati, sohada davlat ulushiga ega kompaniyalar bor-yo‘g‘i 7 tani (jami chiqarilishning 2%) tashkil etadi. Bu sug‘urta bozorining asosan xususiy sektor hisobiga shakllanganini va erkin raqobat muhiti mavjudligini anglatadi. 🗣Jami 13 081 nafar investorning qariyb 98% (12 907 nafari)jismoniy shaxslardir. Bu aholining sug‘urta kompaniyalari aksiyalariga ishonchli investitsiya vositasi sifatida qiziqishi ortayotganini tasdiqlaydi. ⏺Apex Insurance — ustav kapitali hajmi (900 mlrd so‘m) bo‘yicha bozorning mutloq yetakchisi. ⏺O'zbekinvest va Euroasia Insurance kuchli uchlikni yakunlab, sohadagi eng yirik kapitallashuvga ega kompaniyalar hisoblanadi. ✅Aksiyadorlar reestrining Markaziy depozitariyda yuritilishi har bir investor huquqlarining himoyasi va ma’lumotlar shaffofligining kafolatidir. #tahlil Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin