Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 2026-yil yanvar oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 🌐Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-fevral holatidagi ma’lumotlari yil boshidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlariga doir korporativ harakatlar barqarorlik kasb etib, aholining kapital bozoriga ishonchi ortayotganini ko‘rsatmoqda. 💻Aksiyalar ⏺Aksiya chiqarilishlari umumiy hajmi 262,5 trln so‘mni tashkil etdi. ⏺Davlatning 191,7 trln so‘mlik strategik ishtiroki bozor barqarorligini ta’minlash bilan birga, kelgusi xususiylashtirish jarayonlari uchun keng investitsion imkoniyatlarni anglatadi. ⏺Xorijiy egalarning ulushi 12,3 trln so‘mga yetgani xalqaro investorlar qiziqishi barqarorligidan dalolat beradi. 💻Korporativ obligatsiyalar ⏺Korporativ obligatsiyalar bozori jadal rivojlanmoqda: umumiy hajm 4,93 trln so‘mga yetib, o’tgan oyga nisbatan qariyb 1 trln so‘mga o‘sish qayd etildi. ⏺Boshqa egalar ulushining 53,7% (2,6 trln so‘m)ekani bozor instrumentlarining diversifikatsiyalashganini ko‘rsatadi. 🗣Emitentlar ⏺Aksiya emitentlari (AJ) soni — 694 ta. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari — 33 ta. ⏺Mahalliy emitentlarning 1 024 ta qimmatli qog’ozariga xalqaro kodlar (ISIN, CFI, FISN) berildi. 😊Qimmatli qog‘ozlar egalari Aksiyadorlarning umumiy soni 1 022 175 nafarga yetdi. Yanvar oyida investorlar safining qariyb 8,5 ming nafarga kengaygani (asosan jismoniy shaxslar hisobiga) aholi orasida investitsiya madaniyati yuksalayotganini anglatadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin