TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3872

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit3,650Kantite vizit
PibliyeFeb 802/08/2026, 05:30 AM
Kontni

Kontni pòs la

📚KUTILMAGAN HODISALAR SIZNI BOYITADIMI YOKI XONAVAYRON QILADI? Nassim Taleb — "Qora oqqush" 🌐 Biz kelajakni prognoz qilish mumkin deb o‘ylaymiz. Ammo tarixni ekspertlar emas, balki hech kim kutmagan hodisalar — "Qora oqqushlar" o‘zgartirib yuboradi. 2008-yilgi ipoteka inqirozi, 2020-yilgi pandemiya... Bularni hech kim grafiklarda ko‘rmagan edi. ❔Kitobni nega o‘qish shart? Nassim Taleb — sobiq treyder va matematik. U ushbu kitobida dunyodagi eng katta iqtisodiy maktablarni va bashoratchilarni "yer bilan bitta" qilgan. Kitobning asosiy g‘oyasi inson miyasi voqealarni soddalashtirishga va o‘tmishga qarab kelajakni baholashga moyilligini tahlil qilishga qaratilgan. 🗣Investor uchun"Qora oqqush" asaridan 3 ta hayotiy dars: 1⃣ Iqtisodchilarning gaplari — shunchaki taxmin. Taleb aytganidek: "Biz kelajakni bilmasligimizdan emas, balki bilmasligimizni bilmasligimizdan xavfda qolamiz". 2⃣ Shunday tizim quringki, u tartibsizlikdan foyda ko‘rsin. Masalan, naqd pul zaxirasi — bu inqiroz paytida eng katta imkoniyatdir. 3⃣ Eng yomon vaziyatda ham butunlay kasod bo‘lmaslik uchun himoya choralarini ko‘ring. Bozorning "tinchligiga" aldanib, barcha mablag‘ingizni bir vaqtda xavf ostiga qo‘ymang. #InvestorKutubxonasi Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin