Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 📆 Kapital bozorida emissiyalar dinamikasi: haftalik tahliliy sharh (30.01.2026 – 06.02.2026) 🌐Hisobot haftasida kapital bozorida korporativ harakatlarning izchilligi va qarz instrumentlariga bo‘lgan talabning barqaror o‘sishi kuzatildi. Ayniqsa, korporativ obligatsiyalar segmentida emitentlar sonining ortishi bozor faolligini yangi bosqichga olib chiqdi. 🗣AKSIYADORLIK JAMIYATLARI soni (694 ta) barqaror saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ayrim emitentlar tomonidan amalga oshirilgan joriy korporativ harakatlar natijasida aksiyalarning umumiy hajmi 262,47 trln so‘mni tashkil etdi. ⏺“ALFA INVEST SUG'URTA KOMPANIYASI” AJ o‘z kapitallashuvini mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini amalga oshirdi, natijada ko‘rsatkich 84,34 mlrd so‘mga yetdi. ⏺“UZBAT A.O.”, “XORAZMDONMAXSULOTLARI” va “NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI”AJlarda esa ustav kapitalini optimallashtirish doirasida hajmlarning pasayishi kuzatildi. 💻KORPORATIV OBLIGATSIYALARsegmenti haftalik o‘sishning mutlaq yetakchisiga aylandi. Emitentlar soni 34 taga, jami hajm esa 4,98 trln so‘mga yetdi. ⏺“DORKOMPLEKTSNAB PLUS” MChJ bozorga yangi emitent sifatida kirib kelib, 50 mlrd so‘mlik birlamchi obligatsiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu nodavlat sektor vakillarining qarz bozori imkoniyatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishi ortayotganini anglatadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin