TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3875

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit3,490Kantite vizit
PibliyeFeb 902/09/2026, 01:24 PM
Kontni

Kontni pòs la

🔐 Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari diqqatiga! 🔎 Kapital bozorida raqamli xizmatlar va dividend toʻlovlari jarayonida xavfsizlik madaniyati juda muhimdir. Markaziy depozitariy tomonidan investorlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rilgan bo‘lib, ma’lumotlarni sizning roziligingiz asosida tizimlarga (bank, sug‘urta, moliya tashkilotlari) taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. 🗣Agar siz Markaziy depozitariyning "UzCSD" mobil ilovasidan to'laqonli foydalanishni xohlasangiz, OneID tizimi orqali quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin: ⏺ Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga o‘ting. ⏺Tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni bajaring. ⏺Saytda ko‘rsatilgan usullar bilan tizimga kiring. ⏺ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida "Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish" bo‘limida xizmatni faollashtiring. ⏺"Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysi" nomi qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping. ❕Maslahat:Agar OneID tizimga QR-kod orqali kirish usulini tanlasangiz, "Shaxsga doir ma'lumotlarni boshqarish" bo‘limi avtomatik faollashadi: 🔵 Mobil qurilmangizga GooglePlay yoki AppStore’dan OneID ilovasini yuklab oling. 🔵 Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor avtorizatsiyadan o‘ting. 🔵 Ilovaning quyi qismidagi skanerlash tugmasini bosing va kompyuteringiz ekranidagi QR-kodni skanerlang. 🔔Hurmatli foydalanuvchilar! 📱Ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu ortiqcha ovoragarchilik emas, balki kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usulidir. O‘z xavfsizligingizga mas’uliyat bilan yondashing. ✅Sizning ma’lumotlaringiz — o‘z nazoratingizda! Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin