Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🌐Yanvar oyi sarhisobi: Investorlarga qancha dividend to‘landi? 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi bozor ishtirokchilari uchun dividend va kupon to‘lovlari bo‘yicha kengaytirilgan oylik hisobotni taqdim etadi. 🗂Asosiy ko‘rsatkichlar ⏺1-fevral holatiga ko‘ra, daromadlar to‘lovi uchun jamlangan mablag‘lar 1 769,8 mlrd so‘mga tashkil qildi. Bu avvalgi oyga nisbatan qariyb 92 mlrd so‘mga ko‘p. ⏺Yanvar oyida jami 6 ta emitent o‘z aksiyadorlariga 91 mlrd so‘m dividend to‘lab berdi. To‘lovlar jami 4 643 nafar aksiyadorni qamrab oldi. ⏺Qarz bozori ishtirokchilari ham faol bo‘ldi. Xususan, "Agat Credit" AJ va "Biznes Finans mikromoliya tashkiloti" MChJ tomonidan kupon to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarildi. Batafsil ma’lumot va raqamlar — infografikada!📊 Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin