Kontni pòs la
❔Aksiyadorlik jamiyati (AJ) nima? Ko‘p joyda AJ qo‘shimchasini ko‘ramiz, lekin uning mohiyati nimada? Keling, qisqacha tushunib olamiz: 🗣Aksiyadorlik jamiyati — bu ustav kapitali ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan korxonadir. Bu yerda biznesga egalik qilish huquqi aynan shu aksiyalar orqali taqsimlanadi. 🗣 AJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. 🗣 Jamiyat yil yakuni bo‘yicha foyda ko‘rsa, ushbu mablag‘ aksiyadorlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab dividend sifatida taqsimlanishi mumkin. 📊 Bugungi kunda mamlakatimizda 694 ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tgan. ⏺ Moliya va investitsiya dunyosiga oid foydali ma’lumotlarni kuzatib boring! #MoliyaviySavodxonlik Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin