TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3893

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit3,720Kantite vizit
PibliyeFeb 1602/16/2026, 01:19 PM
Kontni

Kontni pòs la

✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (06.02.2026 – 13.02.2026) 🌐O‘tgan hafta davomida O‘zbekiston kapital bozorining ham aksiyalar, ham korporativ obligatsiyalar segmentida sezilarli o‘sish va faollik kuzatildi. 🗣 Hisobot davri yakunida bozorning umumiy holati quyidagicha shakllandi: 💬Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 695 tani tashkil etib, ularning jami chiqarilish hajmi 263,94 trillion so‘mga yetdi. Jumladan, qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga quyidagi bank va korxonalarning aksiyalar hajmi ortdi: ⏺“Asakabank” AJ: 7 774,34 mlrd so‘mdan 8 980,84 mlrd so‘mga; ⏺“TBC Bank” AJ: 2 120,46 mlrd so‘mdan 2 360,46 mlrd so‘mga; ⏺ “Andijon suv ta’minoti” AJ: 94,95 mlrd so‘mdan 108,80 mlrd so‘mga yetkazildi. ❕ Shuningdek, “LETI EDU” AJ tomonidan 0,10 mlrd so‘mlik aksiyalarning birlamchi chiqarilishi qayd etildi. 💻Korporativ obligatsiyalar bozorida hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati rekord darajani — 5,28 trillion so‘mni tashkil qildi. ⏺ Xususan, “MAKESENSE” MChJqo‘shimcha chiqarilish hisobiga obligatsiyalar hajmini 700,00 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mga yetkazdi. ✅ Haftalik dinamika shuni ko‘rsatadiki, moliya muassasalari o‘z kapitalini mustahkamlashda davom etmoqda. Shu bilan birga, korporativ obligatsiyalar segmenti o‘z jozibadorligini saqlab qolgan holda barqaror o‘sish namoyish etmoqda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin