Kontni pòs la
#BuMuhim 🇺🇿Prezident Farmoni: Kapital bozorining yangi imkoniyatlari 🗣 Prezidentimiz tomonidan o‘tgan yilning 18-dekabrida qabul qilingan “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashda muhim poydevor bo‘ldi. ❔ Xo’sh, kapital bozorida “Tartibga solish qumdoni” (Regulatory Sandbox) doirasida qanday huquq va imtiyozlar berilgan? 💬 Endilikda: ⏺ O‘zbekiston rezident-emitentlarining korporativ obligatsiyalarini xorijiy valyutada ifodalash ⏺ Investitsiya vositachilariga bank, kastodian, savdo maydonchalari va investitsiya platformalarida chet el qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisobvaraqlar ochish ⏺ Xalqaro ETF va indeks fondlari savdosini tashkil etish imkoniyatlari mavjud. 📊 Ushbu yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin. ✅Biz Farmon doirasidagi o‘zgarishlarni tushuntirishda davom etamiz. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin