TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3904

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit4,660Kantite vizit
PibliyeFeb 2002/20/2026, 06:14 AM
Kontni

Kontni pòs la

✍️✍️✍️✍️ 🌐KORPORATIV OBLIGATSIYALAR EMISSIYASI BO‘YICHA TOP-10 EMITENT 🗓2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozoridagi jami emissiya hajmi 4,93 trln so‘mni tashkil etmoqda. Markaziy depozitariy ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, ushbu mablag‘larning 86,7% (4,27 trln so‘m) reytingdagi o‘nta yirik emitent hissasiga to‘g‘ri keladi. 💻 Reyting peshqadami — “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ bo‘lib, uning emissiya portfeli 1,19 trln so‘mga yetgan. Shuningdek, kuchli uchlikdan “Asakabank” AJ (1 trln so‘m) va “MAKESENSE” MChJ (Uzum Nasiya) (700 mlrd so‘m) joy olgan. 🗣 Bozorda jami 33 ta faol emitent qayd etilgan bo’lib, ulardan 24 tasi (73%) mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bo‘lsa, 9 tasi (27%) aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi korxonalardir. 🗣 Obligatsionerlarning umumiy soni 3 276 nafar, shundan 3 078 nafari jismoniy shaxslar bo‘lsa, yuridik shaxs maqomidagi obligatsionerlar soni 198 nafarni tashkil etadi. 🗣 Ahamiyatlisi, obligatsionerlar orasida chet ellik investorlar ulushi ham salmoqli – ular jami 796,8 mlrd so‘mlik obligatsiyalarga egalik qilishmoqda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin