Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🇺🇿O‘ZBEKISTON KAPITAL BOZORI: DIVIDEND VA FOIZ TO‘LOVLARI TAHLILI 🌐 2025-yilda 104 ta emitent tomonidan investorlarga Markaziy depozitariy orqali jami 1 677,95 mlrd so‘m miqdorida dividend va foiz to‘lovlari amalga oshirildi. Ushbu mablag‘larning 75 foizi - yuridik shaxslar (1 264,64 mlrd so‘m), 25 foizi - jismoniy shaxslar (413,31 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi. 💻Top-10 emitent 🗣 To‘lovlar hajmi bo‘yicha “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (Uzcard) yetakchilik qilmoqda - 779,30 mlrd so‘m. Shuningdek, “Akfa medline” MChJ (262,16 mlrd so‘m) va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (100,77 mlrd so‘m) kuchli uchlikdan joy oldi. 🗣 O‘ntalikka kirgan emitentlar tomonidan amalga oshirilgan jami to‘lovlar hajmi 1 453,72 mlrd so‘mni, ya’ni umumiy ko‘rsatkichning qariyb 86 foizini tashkil etdi. 🔔Investorlar segmentatsiyasi ⏺ Jismoniy shaxslarga eng ko‘p to‘lovni amalga oshirgan emitentlar ro‘yxatida Uzcard (202,42 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “HAYOT BIRJA” AJ (65,14 mlrd so‘m) va “GOODWILL CAPITAL” AJ (16,13 mlrd so‘m) turibdi. Bu segmentda jami 358,41 mlrd so‘mlik to‘lov eng faol 10 ta emitent hissasiga to‘g‘ri kelgan. ⏺ Yuridik shaxslar segmentida esa “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ, “Ipak Yo‘li” AITB va “MAKESENSE” MChJ (“UZUM NASIYA”) kabi kompaniyalar o‘z aksiyadorlari va obligatsiya egalari oldidagi majburiyatlarini yuqori darajada bajargan. Bu segmentda top-10 talikning jami to‘lovi 1 160,79 mlrd so‘mni tashkil etdi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin