TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3913

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit3,570Kantite vizit
PibliyeMar 103/01/2026, 05:50 AM
Kontni

Kontni pòs la

🟦BOYLIKKA ELTUVCHI 5 TA OLTIN QOIDA: QADIMGI BOBIL SIRLARI 📚Jorj Kleyson — “Bobillik eng boy odam” 🗣 Nima uchun ba’zi odamlar tinmay mehnat qilsa-da, hamon hamyoni bo‘sh, boshqalari esa boyib boraveradi? Javob qadimgi Bobilning qumloq ko‘chalari kabi oddiy, ammo o‘zgarmas qoidalarda yashiringan. ❔“Bobillik eng boy odam”ni nega o‘qish shart? ⏺ Ushbu asar 100 yildan beri dunyo investorlarining kitob javonidan mustahkam o’rin olib kelmoqda. Muallif boylikka erishishning murakkab formulalarini emas, balki asrlar davomida sinovdan o‘tgan oddiy tamoyillarni hikoya qiladi. ❕Investor uchun 3 ta hayotiy dars: ⏺Hamyoningizni semirtirishni boshlang. Har qanday daromadingizning kamida 1/10 qismini o’zingizga olib qo'ying. Bu pul — sizning kelajakdagi investitsion “armiyangiz” uchun birinchi askarlardir. ⏺Oltinni asrashni o‘rganing. Pulni ko‘paytirishdan oldin uni yo‘qotmaslikni o‘rganish kerak. Maslahatni ushbu sohada tajribasi bor odamdan oling. G'isht teruvchidan oltin haqida maslahat so'rash — bu xatodir. ⏺Uyingiz — bu investitsiya emas, boshpana. Kitobda o'z uyingga ega bo'lish xarajatlarni kamaytirishi aytiladi, lekin zamonaviy investor uchun eng muhim dars — aktiv va passivni ajrata olishdir. 💻 Boylik — bu kutilmagan omad emas, balki aniq intizom natijasidir. Agar siz bugun daromadingizning bir qismini investitsiya qilishni boshlamasangiz, ertaga ham xuddi hozirgidek yashashga majbur bo'lasiz. #InvestorKutubxonasi Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin