TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3975

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit2,590Kantite vizit
PibliyeApr 504/05/2026, 06:04 AM
Kontni

Kontni pòs la

🟦 SIFATMI YOKI MIQDOR? 📚Filip Fisher — “Oddiy aksiyalar va g‘ayritabiiy foyda” 🗣 Uorren Baffetning ustozi hisoblangan Filip Fisher buyuk kompaniyalarni qidirishni taklif qiladi. Uning fikricha, yomon kompaniyani arzimagan pulga sotib olgandan ko’ra istiqbolli kompaniyani adolatli narxda sotib olgan ma’quldir. ❔Nega bu kitobni o‘qish shart? Fisher — "Growth Investing" (O‘sishga yo‘naltirilgan investitsiya) asoschisi. U aksiyani shunchaki raqamlarga qarab emas, balki biznesning ichki quvvatiga qarab tanlashni o‘rgatadi. 🗂Investor uchun 3 ta muhim dars: 1⃣"Suhbatlar" (Scuttlebutt) usuli. Kompaniya haqida faqat hisobotlardan ma’lumot qidirmang. Uning mijozlari, yetkazib beruvchilari va hatto sobiq xodimlari bilan gaplashing. Haqiqiy ahvol faqat ko‘chada ma’lum bo‘ladi. 2⃣15 ta nazorat savoli. Fisher kompaniyani baholash uchun 15 ta banddan iborat talabnoma tuzgan. Agar kompaniya ularning ko‘pchiligiga javob bersa, uni o‘n yillab sotmaslik kerak. 3⃣Qachon sotish kerak? "Agar aksiyalar to’g’ri tanlangan bo‘lsa, sotish vaqti deyarli hech qachon kelmaydi" deydi Fisher. U o‘zi sotib olgan Motorola aksiyalarini 20 yildan ortiq ushlab turgan va yuz barobar foyda ko‘rgan. ✅Xulosa qilib aytganda, o‘rtacha 50 ta kompaniyaga ega bo‘lishdan ko‘ra, bitta "olmos"ni topib, unga ishonish ko‘proq boylik keltiradi. “Oddiy aksiyalar va g‘ayritabiiy foyda” kitobi bizga aynan o‘sha olmosni qanday tanib olishni o‘rgatadi. #InvestorKutubxonasi RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin