Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi takomillashtirilmoqda 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 🗂 Ushbu o‘zgartirishlar PF-254-son Farmon talablarini amalga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, “Tartibga solish qumdoni” mexanizmining samaradorligini oshirish, uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va bozor ishtirokchilari uchun yangi sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. 💬 Asosiy yangiliklardan biri - “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchilari doirasi kengaytirilmoqda. Endilikda xorijiy kompaniyalar bilan bir qatorda O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar ham unda ishtirok etishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va Toshkent RFB “Tartibga solish qumdoni”da ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. 🗣Shuningdek, mavjud instrumentlar va operatsiyalar ro‘yxati ham kengaytirilmoqda: ⏺mahalliy emitentlar qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha depozitar tilxatlar chiqarish; ⏺rezidentlar tomonidan xorijiy valyutada korporativ obligatsiyalar chiqarish; ⏺kastodial va nominal saqlovchi xizmatlari, shu jumladan mahalliy emitentlar va investitsiya fondlari uchun; ⏺benefitsiar mulkdor o‘zgarmagan holda, soliq majburiyatlarini keltirib chiqarmaydigan tartibda amalga oshiriladigan FOP (Free of Payment) o‘tkazmalari; ⏺nominal saqlovchi tomonidan aksiyadorlar huquqlarini ishonchnomasiz amalga oshirish. 🔔 “Tartibga solish qumdoni” doirasida ichki bozorga xorijiy qimmatli qog‘ozlar ham kiritiladi. Ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun fond birjasi savdo maydonchalari va investitsiya vositachilari platformalariga nisbatan talablar belgilanadi. Shuningdek, “Tartibga solish qumdoni”ning amal qilish muddatiga doir cheklov bekor qilinmoqda. ✅ Mazkur o‘zgartirishlar moliyaviy instrumentlarni joriy etish uchun yanada moslashuvchan va barqaror muhit yaratishga, mahalliy ishtirokchilar faolligini oshirishga hamda xalqaro kapital bozori bilan integratsiyani yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin