Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (03.04.2026 – 10.04.2026) 💻Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni bittaga kamayib, 698 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga sezilarli o‘sib, 266,74 trillion so‘mga yetdi. 🗂Xususan: 📈“O'zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi. Natijada jamiyatning qimmatli qog‘ozlar hajmi 647,46 mlrd so‘mdan 2 059,67 mlrd so‘mga yetdi. ⏺“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi qo‘shimcha chiqarilish hisobiga 1 310,00 mlrd so‘mdan 1 528,23mlrd so‘mgacha ko‘paydi. ⏺ Shuningdek, “Kafolat sug'urta kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi 240,0 mlrd so‘mga, “Apex Life Insurance” AJ aksiyalari 230,0 mlrd so‘mga va “Asia Insurance sug'urta kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi 107,0 mlrd so‘mga yetkazildi. 📉 Hafta davomida “Kosatka Fintech Invest” AJ aksiyalari hisobdan chiqarilishi munosabati bilan emitentlar ro‘yxatidan chiqarildi. 🗣Korporativ obligatsiyalar bozorida barqarorlik saqlanib qolmoqda. Emitentlar soni 35 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,13 trillion so‘mni tashkil qildi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin