Kontni pòs la
👌Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida amaliy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti Joriy yilning 9-aprel kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda yosh mutaxassislar hamda stipendiantlar ishtirokida amaliy o‘quv sessiyasi tashkil etildi. 🟣Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish, saqlash, ularning reyestrini yuritish hamda mulk huquqlarini qayd etish jarayonlari bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga mo‘ljallangan onlayn platforma – e-Voting tizimining ishlash tartibi amalda namoyish etildi. 🟣Bundan tashqari post-treyding operatsiyalari - bitimlardan keyingi hisob-kitoblar, depo hisobvaraqlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar va qimmatli qog‘ozlar harakatini qayd etish mexanizmlari amaliy tarzda ko‘rib chiqildi. 🟣Shu orqali ishtirokchilar bozorning savdodan keyingi infratuzilmasi qanday ishlashi, ya’ni hisob, saqlash va huquqlarni tasdiqlash tizimlarining amaliy ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘ldilar. 📌 Mazkur tashabbus yosh mutaxassislarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bunday formatdagi o‘quv mashg‘ulotlari kelgusida ham muntazam davom ettiriladi. 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin